"Mashal" qishki yig'inni boshladi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2016
Aleksandr Xamyakov boshchiligidagi "Mashal" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishga kirishdi.

"Gazchilar" Yangier bazasida to'planishdi va yangi mavsumga ilk tayyorgarlik bosqichini boshlashdi. Aleksandr Andreevich yig'inga yoshlar jamoasi va "Mashal" akademiyasidan bir qator yosh futbolchilarni ham jalb etgan va ularni ham sinovdan  o'tkazmoqda.

Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni Yangierda bazasida davom ettiradi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi.

Dastlabki yig'in dekabr oyi oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Tayyorgarlik jarayonida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ham rejaga kiritilgan.

Mashg'ulot, yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlari haqida to'liq tafsilotlari bilan keyingi xabarlarda ma'lumot beramiz.

Mashal: Jamoamiz xujumchi Zohir Qo'ziboev bilan ikki yillik kelishuvga erishdi

"Mashal"da mavsum kashfiyotlari

Aleksandr Xomyakov "Mashal" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz