"Mashal": Mustaqilligimizning 23 yillik to'yi muborak bo'lsin!

Narzulla Saydullayev
1 sen 2014, 09:02
Bugun yurtimizda katta bayram nishonlanmoqda.
Bundan roppa-rosa 23 yil avval dunyo sahnida O'zbekiston deb atalmish mustaqil davlat paydo bo'ldi. Bugun o'z yo'nalishi va qudratiga ega bo'lgan vatanimiz aholisi katta mamnuniyat bilan mustaqillik ayyomini nishonlamoqda.

"Mashal" PFK jamoasi yurtdoshlarimizning bugungidek qutlug' sana bilan tabriklaydi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo , oilalaringiz hotirjam bo'lsin!

Mustaqilligimizning 23 yillik to'yi barchangizga muborak bo'lsin!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz