"Mashal" yig'inida bir qator yoshlar ishtirok etmoqda

20 dek 2014, 11:55
13 dekabrdan mashg'ulotlarga kirishgan "Mashal" safida ko'plab yoshlar ham ishtirok etmoqda.
13 dekabrdan mashg'ulotlarga kirishgan "Mashal" safida ko'plab yoshlar ham ishtirok etmoqda. Asosiy tarkib bilan bir qatorda klub akademiyasining tarbiyalanuvchilari ham mashg'ulotlarni olib bormoqda. Bu yoshlar asosan yoshlar ligasi va birinchi ligamiz jamoasidan jalb etildi.
 
Tarkibga o'tgan mavsum "Sho'rtan"da ijara asosida to'p surgan Durbek Kamolov va Maqsud Mahmudovlar qaytdi.

Undan tashqari birinchi ligadagi "Mashal-2" safidan darvozabon Husan Olimjonov, futbolchilar Shohjahon Qilichev, Humoyun Murtozaev, Tursunmurod Hamdamov, Bobur To'raev, Asliddin Abdiev. Sardor Abduraimovlar ham jalb etildi va mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

Yoshlar jamoasi tarkibidan esa Shohruh Dostonov, Sirojiddin Allaev, Sirojiddin Rahmatullaev, Ixtiyor Toshpo'latov, Xolmurod Xolmurodov kabi futbolchilar ham asosiy tarkib bilan Yangiyerdagi mashg'ulotlarda ishtirok etib kelmoqda.

Bugun jamoamiz Toshkentda "Paxtakor" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Bahs 13:00 da Qibrayda bo'lib o'tadi.


Manba: fcmashal.uz