Mazkur tadbir ikki qismdan iborat bo'ldi. Dastlab Muborak shahrining muhtasham koshonalaridan birida jamoa a'zolariga kichik oltin medallarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Unga bir qator martabali kishilar tashrif buyurdi. Jumladan Muborak shahar hokimi Allaqulov Panji Egamberdievich, "Mashal" klubi prezidenti Shamsiev Shermat Jo'raqulovich, PFL xodimi Chernikov Roman Mixaylovich "Mashal" klubiga atalgan medallarni tantanali ravishda jamoa a'zolariga topshirishdi.
Tadbirga 200 dan ortiq klub muxlislarining ham qadam ranjida qilgani yanada ko'rk qo'shdi. Shuningdek mahalliy sanatkorlardan biri Abdurashid O'rinov klubga atab "Mashal" qo'shig'ini kuylaganda zalga to'plagan klubning eng sodiq muxlis va muxlisalari unga jo'r bo'lishdi.
Bundan tashqari qo'shni viloyat Buxorodan tashrif buyurgan Diyor guruhi ham o'z chiqishlari bilan tadbirni yanada chiroyli o'tishini taminlaganini ham aytib o'tish kerak.
Tadbirda so'zga chiqqan Panji Allaqulov va Shermat Shamsiev jamoaning bu yilgi ishtiroki va egallagan o'rni qoniqarli darajada bo'lganini a'lohida ta'kidlab o'tishdi. Keyingi mavsmuda ham jamoani yuqori o'rinlarda ko'rishlikni butun Muborak axli istayotganini qo'shimcha qilib o'tishdi.
"Mashal" a'zodlaridan esa bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan jamoa yetakchisi Dilyaver Vaniev so'zga chiqib muxlislarga, rahbariyatga mavsum davomida har tomonlama qizg'in qo'llab-quvvatlaganliklari uchun klubning barcha xodimi nomidan o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Klub rahbariyati jurnalistlar mehnatini nazardan chetda qoldirmaganini ham a'lohida aytib o'tish kerak. Chunki "Mashal" jamoasini mavsum davomida matbuotda keng yoritilishida faol bo'lgan bir qator OAV xodimlariga klub tomonidan esdalik sovg'alar topshirildi. E'tiborlisi ular orasida "championat.asia"ning ikki nafar xodimi borligi saytimiz yutug'i bo'ldi. Narzulla Saydullaev, Islombek Rustambekov (championat.asia), Aziz Nuriy, Ziyodullo Safarov (voha.uz) hamda Zafar Jo'raev (Qashqadaryo TV)ga "Mashal" murabbiyilari tomonidan sovg'alar ulashildi.
Tadbirning ikkinchi qismi esa "Muborak NeftGaz" korxonasiga tegishli bo'lgan tantanalar o'tkazish zalida kechdi. Unda klub ishchi xodimlari va bir qator mehmonlar sharafiga ziyofat tashkil etildi. Kechani Buxoroning "Diyor" guruhi yanada fayzli o'tishiga o'z xissasini qo'shganini alohida takidlash lozim.
Taqdirlash marosimining ikkinchi qismida ham klub rahbarlari jamoaning yana oliy ligaga qaytishida o'z hissasini qo'shgan barcha futbolchi va murabbiylarga, shuningdek klubda uzoq yillardan buyon mamur sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Asad Rahimovga bonus sifatida Artel kompaniyasining qimmatbaho televizorlaridan taqdim etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan Qashqadaryo futbol federatsiyasi vice-prezidenti Norqul Daminov ham so'zga chiqib "Mashal" klubining yana kuchlilar safiga qaytgani munosabati bilan jamoa a'zolari va muxlislarini samimiy muborakbod etdi.
Taqdirlash marosimining so'nggida 2013 yilgi mavsum davomida o'zini ko'rsatishga erishgan bir qator futbolchilar turli xil nominaciyalar bo'yicha taqdirlandi. Hamda ularga bir million so'mlik mukofot pullari taqdim etildi.
Eng yaxshi darvozabon - Sanjar Quvvatov
Eng yaxshi himoyachi - Mirzohid G'ofurov
Eng yaxshi yarim himoyachi - Jamshid Hasanov
Eng yaxshi hujumchi - Zoxir Qo'ziboev
Eng yaxshi yosh futbolchi - Otabek Shukurov
Yil kashfiyoti - Eldor Shomurodov
Eng yaxshi futbolchi - Jahongir Abdumo'minov
Tadbirning to'liq fotogalereyasi va batafsil sharhi ertaga saytimizdan o'rin oladi.
Muborak shahridan Islombek Rustambekov va Narzulla Saydullaev