
Mazkur musobaqada Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilgan “Mashal” futbol maktabining 2001 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Turnirda birinchi bo'lish mezbonlar – Buxoro jamoasiga nasib etdi. Buxoroda o'tkazilgan Respublika birinchiligida “Mashal” futbol maktabi bungacha bir marta sovrindor bo'lgandi. Yani, 1996 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz mazkur musobaqada birinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi. O'shanda jamoaga Jamshid Botirov bilan Nasim Shoimov murabbiylik qilgandi. Mana endi oradan vaqt o'tib, 2001 yilgi tarbiyalanuvchilarimiz ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Buning uchun guruh murabbiylari – Ikrem Repatov bilan Jonibek Egamberdievga alohida minnatdorchilik bildirsak arziydi. O'ylaymizki, Ikrem Repatov shug'ullantirayotgan guruhdan kelajakda ajoyib futbolchilar yetishib chiqadi.