
Shunday qilib, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xerardo Martino, ushbu klubda mag'lubiyatsiz o'ynab kelinayotgan o'yinlari sonini 16 taga etkazdi.
Argentinalik mutaxassis “Barselona” murabbiylari orasida yangi rekord o'rnatdi. Avvalgi ko'rsatgich 1926 yilda qayd etilgan edi. O'shanda klubning avstriyalik murabbiyi Jek Dombi ketma-ket 15 ta o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazgan.