Martino: "Argentina terma jamoasi g'alabaga haqli edi"

Aslanov Jasurbek
19 noya 2014, 11:02
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino Portugaliyaga qarshi uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, o'z shogirdlarining o'yinidan ko'ngli to'ldi.

Janubiyamerikaliklar Portugaliya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"Bu bahsda g'alabaga haqli edik. Uchrashuvning katta qismida o'yinni boshqardik va ko'plab hujumlar amalga oshirdik. Raqib esa bor-yo'g'i ikki qarshi hujumga ega bo'ldi va shularning biri gol bilan yakun topdi. Lionel Messning birinchi bo'limda maydonda chiqishi haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu holat oldindan kelishilgan edi" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com