Martin Edegor koronavirusga chalindi

Alisher
23 sen 2020
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi.

Futbolchi yaqin ikki haftada karantinda bo'lishga majbur bo'ladi. Xavbekning takroriy testi salbiy natijani bergan taqdirdagina u mashg'ulotlar jarayoniga qaytishi mumkin bo'ladi.

Martin o'tgan mavsumni ijara asosida "Real Sosedad"da o'tkazdi.

21 yoshli yarim himoyachi 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca