Marsyalning agenti qishda forvardning klubini o'zgartirishini aytdi

Оқил Абдубарноев
10 dek 2021, 19:31
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalning agenti Filipp Lamboli qishki transferlar vaqtida forvardning klubini o'zgartirish istagi borligini ma'lum qildi.

"Antoni yanvarda "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. U ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Futbolchi "Manchester Yunayted"da qolishni istamaydi. Tez orada klub rahbariyati bilan bu borada gaplashaman", - deydi Lamboli.

Eslatib o'tamiz, Marsyal 2015 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted"da to'p suradi. 2021/22 yilgi mavsumda forvard jamoasining 10 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urishga erishgan. Transfermarkt.com portali 26 yoshli fransiyalik futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports