Marsyalga yana bir nomzod paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018, 17:28
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Antoni Marsyalga yana bir jamoa da'vogarlik qilmoqda.

"TuttoMercatoWeb" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Bavariya" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Germaniya chempionlari uni Frank Riberi yoki Aren Robbenning o'rniga munosib voris sifatida ko'rishmoqda.

O'tgan mavsumda fransiyalik futbolchi MYU tarkibida 45 uchrashuvda qatnashdi va 11 gol urib, 9 bora assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb