Marsyal "Sevilya"ga o'tishi borasida gapirdi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2022
"Sevilya" hujumchisi Antoni Marsyal o'zining transferi haqida gapirdi.

"Sevilya" bilan shartnomam 5 oyga mo'ljallangan. Ammo kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Ko'ramiz.

Monchi va Lopetegi sababli "Sevilya"ga o'tishni istadim. Bu erga nimalarga qodirligimni isbotlash uchun keldim.

Benzema - dunyoning eng yaxshilaridan biri. U "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. U bilan bir ligada qatnashishdan xursandman", - dedi francuz.

"Sevilya" futbolchining 5 oylik ijarasi uchun 5 million evro to'laydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal