Marsyal "Inter"ga o'tadimi?

Sherzod Nurmatov
22 fev 2022, 21:17
"Manchester Yunayted"ning fransiyalik hujumchisi, ayni damda "Sevilya"da ijarada o'ynayotgan Antoni Marsyal "Inter"ga o'tishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida, chunki katta ehtimol bilan Aleksis Sanches ham, Lautaro Martines ham kelasi yozda jamoani tark etadi.

Qayd etilishicha, “Inter” Marsyal nomzodidan tashqari "Lill" hujumchisi Jonatan Devidni ham o'z safiga qo'shib olish variantiga jiddiy qaramoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport