

"Olimpiakos" o'z saytida Marselo bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Futbolchi bilan bir yilga uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga olgan bir mavsumlik kelishuv tuzildi. Bitimning moliyaviy qismi esa oshkor qilinmayapti.
"Afsona! Braziliyalik superyulduz Marselo "Olimpiakos"da. Klub rasman eng yaxshi braziliyalik chap qanot himoyachisi Marseloni sotib olganini e'lon qiladi, u qizil va oq rangli libosni kiyadi", – deyiladi "Olimpiakos" saytida.
Braziliyalik futbolchi 15 yildan ortiq vaqt davomida "Real"da o'ynadi. Transfermarkt Marseloni 3 mln evroga baholagan.



