Marselo "Los-Anjeles" taklifini rad etdi

Alisher
27 iyun 2022, 11:51
"Real" sobiq himoyachisi Marselo MLSning "Los-Anjeles" klubi taklifini rad etdi.

34 yoshli braziliyalik faoliyatini Yevropada davom ettirishni xohlaydi.

Himoyachi yozda Madrid klubini erkin agent maqomida tark etdi.

Marselo 2007 yildan beri "Real"da o'ynayotgandi. Eslatib o'tamiz, "Los-Anjeles" ushbu yozda Jorjo Kellini bilan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo