

Jurnalist Marti Mirasning tvittyerdagi sahifasida ma'lum qilishicha, Marselo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. "Real"ning 34 yoshli sobiq futbolchisi "Lester"ga tekinga o'tishga yaqin. Agarda Marselo tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, "tulkilar" bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.



