Marselo: "Braziliya terma jamoasi Tite bilan yana yuqoriga ko'tariladi"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2017, 13:45
2018 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan Braziliya terma jamoasi yana cho'qqiga chiqadi.

Himoyachi Marselo shunday fikrda.

"Menda futboldagi oxirgi missiya bor. Braziliya jaxon chempionatiga qaytmoqda. Buni eslab qoling. Tite  bilan biz Braziliyani cho'qqilarga olib chiqamiz" - deydi Marselo.

Eslatib o'tamiz, Braziliyada bo'lib o'tgan jaxon chempionatida Braziliya terma jamoasi 4-o'rinni egallagan edi, bronza uchun bo'lgan uchrashuvda Braziliya Gollandiyaliklarga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com