"Marsel"ga “Barselona”ning markaziy himoyachilari kerak

Alisher
25 iyul 2023, 09:00
"Marsel" “Barselona”dan Kleman Langle va Erik Garsiyani xarid qilmoqchi.

Jamoalar allaqachon muzokara stoliga o'tirishgan. “Barselona” Klemanni 15 million evroga sotishga tayyor, Erikni esa ijaraga berishligi mumkinligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz , Langle o'tgan mavsum ijara asosida Tottenxem"da o'tkazgandi. U barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Erik esa “Barselona” safida 32 ta bahsda maydonda harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com