"Marsel"ga "Barselona" hujumchisi kerak

Tolibjon Qosimov
29 dek 2018
"Marsel" klubi "Barselona" hujumchisi Munir El-Xaddadiga qiziqish bildirmoqda.

"El Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, francuz klubi forvardni yanvardayoq jalb qilmoqchi. Vaholanki, uning kataloniyaliklar bilan kelishuvi yozda nihoyasiga etadi.

Munir uchun kurashda "Marsel"ga "Alaves", "Vest Xem" va "Sevilya" jamoalari raqobat qilishlari mumkin. Bu borada marselliklar "Barselona" sport direktori Andoni Subisaretta bilan aloqalari yaxshi ekanligidan foydalanib qolishlari mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo