"Marsel" va "Milan" "Roma" futbolchisi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 15:51
"Roma" futbolchisi Jordan Veretu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "bo'rilar" futbolchisi kutilmaganda "Marsel" short-listidan o'rin olgan. O'z navbatida Rim klubi ham yarim himoyachi transfer qilgan taqdirda Veretuni qo'yib yuborishga tayyor bo'ladi. Oldinroq "Milan" ham Jordan uchun kurashayotgani aytilgandi.

Bunga qadar Veretu Fransiya chempionatida "Nant" hamda "Sent-Eten" jamoalarida faoliyat olib borgan.

O'tgan mavsumda Veretu chempionatning 36 o'yinida qatnashib, 4 gol va 8 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira