"Marsel" va "Monako" "Roma" futbolchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
25 mar 2022, 15:10
"Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretu Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 29 yoshli francuz uchun "Marsel" va "Monako" da'vogarlik qilmoqda. O'yinchining o'zi Rim klubidan ketmoqchi.

Yarim himoyachi o'tgan yilning noyabrida klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Amaldagi shartnoma 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Veretu 2021/22 yilgi mavsum "Roma" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira