Marsel Koller: "Bu faqat mening muvaffaqiyatsizligim emas"

23 iyun 2016, 00:55
Avstriya bosh murabbiyi Marsel Koller jamoasi Yevropa chempionatining guruh bosqichida qolib ketganini quyidagicha izohladi.


- Bu faqat mening muvaffaqiyatsizligim emas. Men va butun jamoa uchun bu katta tajriba bo'ldi. Ikkinchi taymda Islandiyaga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ushbu 45 daqiqa turnirdagi eng yaxshi o'yinimiz bo'ldi. Maydon bo'ylab yaxshi harakatlandik, raqibga yuqori pressing qo'lladik. Yevropa chempionatidagi ishtirok orqali boy tajriba to'pladik.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com