"Marsel" Chempionlar Ligasidagi bir o'yinini tomoshabinlarsiz o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 18:54
Fransiya klubi UEFA tomonidan jazolandi.

"Marsel" Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Sporting" bilan uy uchrashuvini bo'sh stadionda o'tkazadi.

AFP xabariga ko'ra, Fransiya klubi "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda (0:1) "Velodrom" stadionida muxlislar tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli jazolangan.

Shuningdek, UEFA "Tottenxem"ga qarshi uy uchrashuvida "Marsel" muxlislari tribunasini yopishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AFP