Marku Silva: "Klopp mendan kechirim so'ragani yo'q"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 16:10
"Everton" bosh murabbiyi Marku Silva "Liverpul"ga qarshi bahsdan so'ng raqib jamoa ustozi aytgan so'zlarni rad etdi.

Klopp uchrashuvning 96-daqiqasida urilgan gol tufayli maydonga chiqib ketgani uchun kechirim so'raganini aytgan edi.

"Birinchidan, men yugurib chiqqanim uchun tezda Marku Silvadan kechirim so'radim, hurmatsizlik qilishni istamagan edim" - dedi Klopp.

"U mendan kechirim so'ragani yo'q. Klopp menga nisbatan hurmatsizlik qildi deb o'ylamayman. Nima bo'lganini ko'rmay qoldim. Bu futbol, ularning omadi keldi" - deydi Silva.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail