Marko van Ginkel: “Jarohat men uchun og'ir zarba bo'ldi”

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013
Liga Kubogi 1/16 finali doirasida “Suindon”ga qarshi o'yinda jarohat olgan “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Marko van Ginkel, jarrohlik operaciyasini yaxshi o'tkazdi.

Tashxis jarohat jiddiyligini ko'rsatdi. Futbolchining to'liq sog'ayib kyetishiga 6 oy kerak bo'ladi. Van Gingel Jahon Chempionati-2014 musobaqasida ham ishtirok eta olmasligi mumkin.

  - Jarohat men uchun og'ir zarba bo'ldi. Hali o'yindan oldin ko'nglim bir nimani sezgandek bo'lgandi, - Markoning so'zlaridan iqtibos keltiradi FCUpdate.

Eslatib o'tamiz, gollandiyalik futbolchi shu yilning yozida “Vitess”dan “Chelsi” klubiga 9.4 million evro evaziga o'tgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru