Markinos PSJ bilan yangi shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
2 may 2023, 17:42
PSJ himoyachisi Markinos parijliklar bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klub kelishuv uzaytirilgani haqida e'lon qilish uchun qulay fursatni kutmoqda. Fransiya chempionatining 33-turida PSJ "Loryan"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).

Markinoya PSJda 2013 yildan buyon to'p tepib keladi. 28 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport