Mario Gomes "Leyptsig"da ish boshlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021
Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi Mario Gomes "RB Leyptsig" mas'ul lavozimlardan birida faoliyat boshlashi kutilmoqda.

Xabarga ko'ra, klub rahbarlik lavozimlaridan birini topshirish uchun sobiq o'yinchi bilan muzokaralar olib bormoqda. 

Eslatib o'tamiz, Gomes 2020 yilning iyunida futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandi. U "Bavariya" va "Shtutgart"dagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild