Mario Balotelli Parij moda haftaligida model sifatida podiumga chiqdi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2025, 11:44
"Manchester Siti" va "Inter" jamoalari sobiq hujumchisi Mario Balotelli Parijdagi erkaklar moda haftaligi doirasida model sifatida ishtirok etdi.

Italiyalik brendlardan birining 2026 yil bahorgi erkaklar kollekciyasi namoyishida qatnashdi.

U "Oyga chiqqan bola" bolalar kitobi mavzusiga bag'ishlangan shou doirasida kurtka va shimni namoyish qildi.

Balotelli o'tgan yilning oktyabr oyi oxirida erkin agent sifatida "Jenoa"ga o'tgandi. 34 yoshli forvard A Seriyada 6 ta o'yin o'tkazib, jami 56 daqiqani maydonda o'tkazgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia