Marez tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 18:14
Jarohat olgan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyad Marez tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining shikastlanishi jiddiy bo'lib chiqmadi. Shunday qilib, Marez "Chelsi"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun bahsda maydonga tushishi mumkin.

27 yoshli jazoirlik "Bavariya"ga qarshi International Champions Cup-2018 uchrashuvida (3:2) jarohat olgan edi.

"Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi 5 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru