

Bu haqda COPE radiostanciyasi xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bu qarorni 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan ijroiya qo'mita yig'ilishidan so'ng e'lon qiladi.
"Metropolitano" stadioni 1993 yilda qurilgan, rekonstrukciya ishlari 2017 yilda yakunlangan. Arena 70 692 tomoshabinga mo'ljallangan. 2019 yilda "Atletiko"ning uy stadioni Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilgan, o'shanda "Liverpul" va "Tottenxem" sovrin uchun o'yinda to'qnash kelgan (2:0).
2025/26 yilgi mavsum finali 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da o'tkaziladi.



