Marez "Lester"ga boykot e'lon qiladimi?!

Tolibjon Qosimov
1 fev 2018, 20:32
Yarim himoyachi Riyad Marez "Lester"ga boykot e'lon qilishga tayyor va klub uchun to'p tepishdan bosh tortmoqchi.

Bu haqda "Mirror" nashri xabar berdi.

Marezning bunday qarorga kelishiga uning "Manchester Siti"ga transferi barbod bo'lgani sabab bo'ldi. "Shaharliklar" "tulkilar"ga 74 million evro va bir nafar o'yinchisini taklif qildi. Lekin, "Lester" 108 million evro olishni xohladi va kelishuv barbod bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Marez APL 25-turi doirasida "Everton"ga qarshi bahsda qaydnomaga ham kiritilmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk