Marca: Ronalduga ikki klub da'vogarlik qilmoqda

Eldor Akmurzayev
1 apr 2020, 19:45
“Yuventus” forvardi Krishtanu Ronaldu yozda boshqa klubga o'tishi mumkin, deya xabar qilmoqda Marca.

Manbaga ko'ra, KriRoga asosiy da'vogar PSJ hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchilikka qaramay “qizil-ko'klar” portugaliyalik yulduzga foydali shartnoma taklif etishga tayyor turibdi.

Shuningdek, 35 yoshli o'yinchiga uning sobiq klubi “Manchester Yunayted” ham qiziqmoqda. U 2003-2009 yillarda “qizil iblislar” sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca