Marca nashri Messini yilning eng yaxshi o'yinchisi deb e'lon qildi, Ronaldu kuchli uchlikka ham kiritilmadi

2 yanv 2019, 00:50
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Marca nashrining tanloviga ko'ra 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Ikkinchi o'rinni "Oltin to'p" sohibi, "Real" va Xorvatiya terma jamosi yarim himoyachisi Luka Modrich egalladi. Fransiya tarkibida Jahon chempioni bo'lgan Antuan Grizmann reytingning uchinchi pog'onasidan joy oldi.

Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Lionel Messi ("Barselona")
2. Luka Modrich ("Real")
3. Antuan Grizman ("Atletiko")
4. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")
5. Kilian Mbappe (PSJ)
6. Muhammad Salah ("Liverpul")
7. Eden Azar ("Chelsi")
8. Rafael Varan ("Real")
9. Harri Keyn ("Tottenxem")
10. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti")

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com