Maradona Safarov: "Debyutim omadli chiqdi"

Narzulla Saydullayev
5 noya 2016
"Qo'qon-1912" - "Mashal" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Maradona Safarov o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo menga imkoniyat bergan murabbiylarimga rahmat deyman. "Qo'qon-1912" so'nggi soniyalarda yaxshigina vaziyatlar yaratishdi va buning evaziga mukofotlanishdi ham, yaxshiyamki jamoamizga omad kulib boqdi. Debyutim ancha vaqtlar xotiramda qoladigan bo'ldi, jamoadoshlarimga ham tashakkur ular meni juda yaxshi qo'llab quvvatlashdi. Maydonimizda bo'ladigan "Buxoro” jamoasi bilan bahsida ham ijobiy natijani qo'lga kiritamiz deb o'ylayman", - deydi Safarov.

"Mashal" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia