Maradona: “Messi mening jamoamda yaxshi o'ynagan, milliy jamoani Menotti boshqarishi kerak”

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 11:30
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona, jahon chempionatidagi jamoani va uning sardori Lionel Messini tanqid qildi.
Bundan tashqari, u terma jamoani kim boshqarishi kerakligini ham aytib o'tdi.

“Bu terma jamoa mundialda o'ynamadi. Messi Sabelyani jamoasiga qaraganda, mening jamoamda besh marta yaxshi o'ynagan. Milliy jamoa murabbiyiga keladigan bo'lsak, menga na Sabelya va na Russo yoqadi. Biz unutgan bir inson bor, bu – Sesar Luis Menotti. U bazilarga o'xshab, o'z fikri bo'lmagani uchun mafia bilan ishlamaydi” – deydi Maradona.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com