
Manjukich jamoa barcha e'tiborini maksimal natijani qo'lga kiritishga qaratganini aytib o'tdi.
“Bizning muxlislar jamoaning g'alabalariga katta hissa qo'shishmoqda. Shuning sababli muxlislarimiz uchun yanada ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz. Albatta jamoa barcha o'yinlarda va katta musobaqalarda g'alaba qozonishni xohlaydi, biroq bunga vada bera olmayman”, - deya ta'kidladi Manjukich.
Eslatib o'tamiz, Yupp Xaynkes boshchiligidagi “Bavariya” klubi 2012/13 mavsumdagi barcha musobaqalarda g'olib chiqishgan.