Manjukich “Atletiko” bilan Shimoliy Amerika turnesiga uchmadi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 16:13
Madridning “Atletiko” klubi Shimoliy Amerikadagi turnega Mario Manjukich va Tyago Mendeshsiz ketdi.
Ikkala futbolchilar ham shu oyda madridliklar safiga kelib qo'shilgan.

28 iyul kuni San-Franciskoda “Atletiko” futbolchilari “San-Xose” bilan o'ynashadi, keyingi o'yin esa Mexikoda “Amerika” klubiga qarshi bo'ladi. Bu turneda jamoaning yangi darvozaboni Yan Oblak, hamda klub bilan shartnomasini uzaytirgan Gabi va Koke ham bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com