Manuel Pellegrini: Mourinyoning ko'p gaplariga e'tibor qilmayman

Narzulla Saydullayev
2 may 2015, 10:01
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Chelsi ustozi Joze Mourinyo haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Har bir murabbiy o'z fikrini bayon qiladi. O'ylashimcha, bizdan ochko olib qo'yishlari uchun asos yo'q edi.

Mourinyoning ko'p gaplariga e'tibor qilmayman: Chelsi haqida, hakamlar, Angliya kubogi, boshqa murabbiylar haqida.

G'alaba uchun gapirishni istasangiz marhamat, lekin mening uslubim bunday emas.

Bu mavsumda Chelsini tabriklayman: klub, uning xo'jayini, muxlislar va Mourinyoni – bu haqli sovrin, – deydi Pellegrini.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru