Manolo Gabbyadini "Sautgempton"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
1 fev 2017
Angliyaning "Sautgempton" jamoasi "Napoli" futbolchisi Manolo Gabbyadinini sotib oldi.

Bu haqda angliz klubi rasmiy sayti xabar berdi. 25 yoshli futbolchi "avliyolar" bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer miqdori taxminan 20 million evro atrofidaligi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Gabbyadini joriy mavsum "Napoli"da 13ta uchrashuvda maydonga tushgan va uchta gol urgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: southampton.gov.uk