Manjukich Milanga uchib ketdi

18 yanv 2021, 00:24
Mario Manjukich Italiyaning Milan shahriga yo'l oldi.

Xorvatiyalik futbolchi dushanba kuni "Milan" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi, deb xabar tarqatdi "Football Italia". Tekshiruvdan keyin 34 yoshli hujumchi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolanadi.

Xabaringiz bor, Mario uchun Italiya chempionati begona emas, u 2015-2020 yillarda "Yuventus"da to'p tepgan. Manjukich so'nggi bor o'tgan yilning 7 mart kuni Qatarning "Al Duxail" klubi safida maydonga chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia