Manjukich "Milan" bilan 6 oylik shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021, 13:36
Hujumchi Mario Manjukich yaqin vaqtlar ichida "Milan" bilan shartnoma imzolaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi bu borada Paolo Maldini bilan uchrashib olgan.

"Shartnoma deyarli imzolangan. U mavsum yakunigacha amal qiladi", - deb yozadi jurnalist tvittyerda.

Xorvat erkin agent sifatida "Milan"ga o'tadi. U iyul oyida "Al Duhayl"ni tark etgandi.

Manjukich 2015-2020 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal