Manjukich YCHL finalini o'tkazib yuborishi mumkin

Tolibjon Qosimov
15 may 2017, 20:58
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich Italiya chempionati doirasida "Roma"ga qarshi bahs (1:3)da jarohat oldi.
"L’Equipe"ning xabar berishicha, xorvatiyalik futbolchi belidan jarohat olgan. Tiklanish jarayoni qanchaga cho'zilishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan keyin ma'lum bo'ladi.

Manjukich Daniel De Rossi bilan to'qnashuvdan keyin jarohat olgan va 80 daqiqada almashtirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L’Equipe