Manjukich “Al-Duhayl” bilan kelishuvni bekor qildi, u A Seriyaga qaytishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2020, 21:05
Hujumchi Mario Manjukich muddatidan oldin Qatar klubi bilan shartnomasini yakunladi va erkin agentga aylandi, deya xabar bermoqda Football Italia.

Manbaga ko'ra, 34 yoshli xorvatiyalik keyingi mavsumni Filippo Inzagi boshqaruvidagi “Benevento”da o'tkazishi mumkin. Jamoa joriy mavsum A Seriyaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Manjukich faoliyatini “Milan”da davom ettirish varianti ham mavjud. “Rossonerilar” forvardga u klubini o'zgartirishidan oldin qiziqish bildirgan. Mario milanliklarni mavsum yakunida tark etishi kutilayotgan Zlatan Ibragimovichning o'rnini egallashi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia