Manjukich 2ta turli klubda YCHL finalida gol urgan uchinchi futbolchi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2017, 00:34
Ayni paytda Yevropa Chempionlar ligasining final bahsi davom etmoqda.

Birinchi bo'limdan keyin hozircha hisob - 1:1. "Yuventus" tarkibida golni uchrashuvning 27 daqiqasida Mario Manjukich qaychi uslubida kiritdi. Shu tariqa, Manjukich ikkita turli klub tarkibida Chempionlar ligasi finalida gol urgan tarixdagi uchinchi futbolchiga aylandi. Undan oldin Velibor Vlasovich va Krishtianu Ronaldular shunday natijaga erishishgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia