Mane PSJga qarshi birinchi o'yinda maydonga tushmaydi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2022, 16:06
Gemraniya OAV jarrohlik amaliyotidan o'tgan "Bavariya" hujumchisi Sadio Manening tiklanishi tafsilotlarini e'lon qildi.

"Bild" xabariga ko'ra, 30 yoshli senegallik futbolchining to'liq reabilitaciyasi taxminan uch oy davom etadi. 

Shu tariqa, Sadio Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Fransiyaning PSJ jamoasiga qarshi birinchi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. O'yin 2023 yilning 14 fevraliga belgilangan.

Mane jarohat tufayli 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadigan 2022 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Senegallik joriy mavsum myunxenliklar safida 23 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild