Mane: "Men "Manchester Yunayted"ga o'tishga juda ham yaqin edim"

Alisher
1 iyun 2019
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane 2016 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin kelgani, ammo so'nggi lahzalarda "qizillar" tarkibiga o'tib ketganligiga izoh berdi.

"Men MYUga o'tishga juda ham yaqin edim, hatto ular bilan ko'rishgandim ham. Men u yerda bo'ldim va ularning xo'jayini bilan gaplashdim. U paytda jamoada Lui van Gaal ishlardi".

"Ular menga shartnoma taklif qilishdi, ammo o'sha hafta menga Klopp menga qo'ng'iroq qildi. U menga: "Menimcha senga eng maqul klub bu mening klubim. Sen "Liverpul"ga kelganing yaxshiroq". Bu hal qiluvchi lahzalar edi. Men esa unga: "Men Liverpulga ketyapman" deb javob qildim", - deydi Mane.

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da Madriddagi "Vanda Metropolitano" o'yingohida CHL final uchrashuvi bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror