Mane "Bavariya"da qaysi raqamni tanlaganini ma'lum qildi

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2022, 01:03
Senegallik vinger Sadio Mane "Bavariya"da qaysi raqamda o'ynashini hal qildi.

"Bavariya"dagi bo'sh raqamlardan 17 ni tanladim. Bu raqam ostida klub bilan ko'plab g'alabalarni nishonlash niyatidaman.

Yangi jamoam bilan mavsumga tayyorgarlik boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", - deydi senegallik futbolchi.

Avvalroq himoyachi Jerom Boateng "Bavariya"da 17-raqam ostida harakatlangan, undan oldin esa yarim himoyachi Mark van Bommel ushbu raqamdagi libosda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbayern.com