Manchini ko'zoynak taqmagani sabab tarkibga qaraganda xato tufayli Kellini zaxirada qolib ketganini ko'rmagan

Alisher
5 sen 2020, 11:20
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini himoyachi Jorjo Kellini xato tufayli zaxirada qolib ketganini aytdi.

"Menga tarkibni ko'rsatishganida ko'zoynakim yo'q edi va menga hamma joyida ekanligini aytishdi. Men u yerda Kellini emas, Acherbi bo'lganini sezmadim. Nima bo'lganda ham Acherbini bitta o'yinda, Kellini esa boshqa o'yinda o'ynatishni rejalashtirgandik. 

Men Jorjiodan bugun yoki dushanba kuni Niderlandiyaga qarshi o'yindan qaysi birida o'ynashni xohlashini so'radim. U bugun o'ynashini xohlashini aytdi, ammo hozir rejalarimizni o'zgartirishimizga to'g'ri keladi. Bu xato edi", - deydi Manchini.

Italiya Millatlar Ligasi 1-tur doirasidagi Bosniya va Gertsegovina (1:1)ga qarshi o'yinda durang o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail