Manchini: Ayni damda Angliya terma jamoasi borasida hech qanday kelishuv yo'q"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2016, 16:17
"Inter" sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchinining ma'lum qilishicha, u Angliya terma jamoasi borasida kelishuvga erishmagan.

51 yoshli mutaxassis Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan "Malta"ga qarshi JCH-2018 saralash o'yiniga taklif qilingan edi.

"Ayni damda Angliya terma jamoasi borasida hech qanday kelishuv yo'q. Frank de Bur haqida nima deyishim mumkin? Uning qo'l ostidagi "Inter" o'yinini ko'rmadim, shu sababli bu borada hech narsa deya olmayman" - deydi Manchini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato