Manchester Yunaytedning yana ikki nafar futbolchisi jarohat oldi

Khoja
6 mar 2025, 09:51
Manchester Yunayted jamoasi Yevropa ligasi 1/8 finali oldidan tarkibda yo'qotishlarga uchradi.

ESPN xabariga ko'ra, Real Sosiedadga qarshi Ispaniyada o'tadigan o'yin oldidan jamoaning yana ikki a'zosi – Xarri Maguayr va Manuel Ugarte safdan chiqqan. Futbolchilar Fulhemga qarshi kubok bahsidan keyin safdan chiqqan.

Manchester Yunayted navbatdagi uchrashuvini bugun Real Sosedadga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 22:45 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: ESPN