"Manchester Yunayted"ning yana bir futbolchisi Kontega kerak

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 12:57
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich Italiya klublari nazariga tushdi.

"Daily Star" xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi uchun "Inter" hamda "Milan" jamoalari kurash olib bormoqda. O'z navbatida MYUda asosiy tarkibda doim ham maydonga tushmayotgan Matich ham doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

"Milan" esa Matichni tarkibga qo'shib olish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilmoqda. Serbiyalik ushbu mavsumda APLning 10 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star